BYPREMIUMS SINCE 2022
Botni ochish
Rasmiy sayt · bypremiums.uz

Assalomu aleykum xurmatli mijoz,
ByPremiums jamoasining rasmiy saytiga xush kelibsiz!

«Ishonchlimi?» «Aldab ketmaysizlarmi?»

kabi savollardan to'yib ketgan holda
sizga bu ma'lumotlarni berishga majburmiz.

Bu savolingizga «ha ishonchli, 100% halol, bizda hammasi» deb javob beradigan firibgar emasmiz — va buni faktlar bilan keltirib beramiz.

2022
Yildan beri
Foydalanuvchilar
Buyurtmalar
Narxlar
1 oyadmin orqali 45 000 so'm
12 oyadmin orqali 300 000 so'm
3 oyavtomatik 170 000 so'm
6 oyavtomatik 230 000 so'm
12 oyavtomatik 400 000 so'm

Avtomatik — username kiritasiz, bot bir necha daqiqada o'zi ulaydi. Admin orqali — arzonroq. Telegram bu ikki tarifni chetdan sovg'a qilishga ruxsat bermaydi, shuning uchun admin akkauntingizga kirib ulaydi (02-banddagi izohga qarang).

1 dona 220 so'm
50 dona — eng kami 11 000 so'm
100 dona 22 000 so'm
500 dona 110 000 so'm
1 000 dona 220 000 so'm

Miqdor ixtiyoriy — 50 dan 10 000 gacha istalgan sonni kiritasiz, narx o'zi hisoblanadi. Narx har bir donaga bir xil: ko'p olganda ham, oz olganda ham 220 so'm.

Gift va NFT Gift narxi bozorga qarab o'zgaradi — joriy narxni botning o'zidan ko'rasiz. Narxlar o'zgarishi mumkin; har doim eng aniq narx botda ko'rsatiladi.

01 — Biz kimmiz

O'zimiz haqimizda qisqacha: Telegram Premium funksiyasi chiqqandan beri mijozlarga xizmat ko'rsatamiz. Hozirda Telegram Premium, Telegram Stars, Gift va NFT'larni hamyonbop narxlarda olib beramiz! Zamon bilan hamnafas bo'lish uchun 2026-yil 1-avgustdan o'z avtomatlashtirilgan botimizni ishga tushirdik.

02 — Dalillar

Nega sizni aldash foydasiz

Birinchi ikkitasi — qonuniy javobgarlik. Undan keyingi ma'lumotlar shunchaki bilib qo'yishingiz uchun.

01

To'lovlar to'liq oldindan qilinadi, chunki buyurtmani o'z pulimiz bilan sotib olsak — mahsulot to'g'ridan-to'g'ri sizga tushadi va uni qaytarib olib bo'lmaydi. Mablag'laringiz xavfsizligiga kelsak: bizning faoliyatimiz to'liq O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslanadi. Mijozning ishonchini suiiste'mol qilish, aldash va mablag'larini o'zlashtirish — O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan og'ir jinoyat hisoblanadi va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Biz o'z erkinligimiz va obro'yimizni arzimas summalar uchun xavf ostiga qo'ymaymiz. Biz halol va uzoq muddatli hamkorlikni tanlaganmiz.

02

1 va 12 oylik admin orqali olinadigan Premium'lar faqat akkauntingizga kirib ulanadi, hech qanday qo'rquvga hojat yo'q — ulash bir necha daqiqa vaqt oladi va tugagach admin akkauntingizdan chiqib ketadi. Sozlamalar → Qurilmalar bo'limidan tekshirsangiz bo'ladi. Ma'lumotlaringiz xavfsizligiga kelsak: sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz (akkountingiz, parollaringiz va to'lov ma'lumotlaringiz) qat'iy sir saqlanadi. O'zga shaxslarning ma'lumotlarini noqonuniy o'zlashtirish va tarqatish Jinoyat kodeksining 141-2-moddasiga (Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilikni buzish) asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'ladi.

03

Ishonch ikki tomonlama bo'ladi. Quyidagi qilmishlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida jinoyat deb belgilangan — jazo turi va miqdorini har bir ish bo'yicha sud belgilaydi:

  • Soxta to'lov hujjati. Qalbaki chek yoki to'lov tasdiqnomasini taqdim etish — Jinoyat kodeksining 228-moddasi: hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish. Hujjat pul undirish uchun ishlatilgan bo'lsa, ustiga 168-modda (firibgarlik) ham qo'shiladi.
  • Yolg'on ma'lumot tarqatish. Bila turib yolg'on, obro'ga putur yetkazuvchi xabar tarqatish — 139-modda (tuhmat). Bundan tashqari Fuqarolik kodeksi bo'yicha sud orqali raddiya berish va yetkazilgan zararni qoplash talab qilinadi.
  • Nomimizdan foydalanish. ByPremiums nomi bilan soxta sahifa, kanal yoki bot ochish — 149²-modda: o'zganing firma nomidan yoki xizmat ko'rsatish belgisidan qonunga xilof foydalanish. Bunday sahifa orqali pul olingan bo'lsa 168-modda ham qo'llaniladi.
  • Kod va dizayndan nusxa ko'chirish. Tizim kodi, arxitekturasi yoki dizaynidan ruxsatsiz foydalanish — 149¹-modda: mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish.

Moddalarning to'liq matni va amaldagi jazo choralari lex.uz saytida ochiq turadi — o'zingiz tekshirib ko'rishingiz mumkin. Bularning hech biri halol mijozga tegishli emas: bu bo'lim o'z ishimizni va sizning ishonchingizni himoya qilish uchun.

04

.uz — O'zbekistonning milliy domen zonasi va u xohlagan odamga shunchaki sotilmaydi. Domen akkreditatsiyadan o'tgan ro'yxatga oluvchi orqali beriladi, egasining ma'lumotlari qayd etiladi, zonaning o'zi esa O'zbekiston qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Ya'ni bu manzil ortida anonim niqob emas — ma'lumotlari ro'yxatga olingan aniq shaxs turadi. Firibgar uchun bu eng noqulay tanlov: bir hafta ishlab yo'qolib ketmoqchi bo'lgan odam o'z hujjatlari bilan domen olmaydi, u tekin va anonim domenlarni afzal ko'radi. Biz esa bypremiums.uz nomi ostida ochiq ishlaymiz — manzilimiz ham, ismimiz ham joyida turadi.

05

Click orqali to'lov qabul qilish uchun shartnoma tuzish kerak — bu shunchaki ariza emas: hujjat topshirasiz, shaxsingiz tekshiriladi. Ya'ni ismim ham, hujjatim ham Click'da turibdi.

Siz uchun eng muhimi shu: har bir to'lov tizimda qayd etiladi va sizda chek qoladi. Bu notanish kartaga o'tkazma emas — nizo chiqsa qo'lingizda dalil bor.

Firibgar bunday yo'lni tanlamaydi. Unga izsiz yo'qoladigan karta kerak, hujjati bilan ro'yxatdan o'tib har tiyini yozib boriladigan tizim emas.

06

Ayrimlarga o'xshab, firibgarlik uchun multi akkaunt va drop kartalar ishlatishdan yiroqmiz.

07

Mijozlarimizning fikrlari uchun alohida kanal ochdik — o'zingiz o'qib ko'ring.

Otzivlar
03 — Aloqa

Bizni tekshiring

Barcha kanallarimiz ochiq. Kanaldagi buyurtmalar tarixini ko'ring, adminga to'g'ridan-to'g'ri yozing — savolingizga javob beramiz.

Agar bu ma'lumotlar yetarli va
tushunarli bo'lmagan bo'lsa —
savolingizni to'g'ridan-to'g'ri yozing.

Javob berolmaydigan savolimiz yo'q. Ishonch — bu bir marta sinab ko'rishdan boshlanadi.

Botni ochish